AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda harbiy xizmatchilarning oila a`zolari bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazildi

'Qashqadaryoda harbiy xizmatchilarning oila a`zolari bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazildi'ning rasmi

Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugi boshqaruv apparatida munosabati bilan «Yo`l qoidasi — umr foydasi» shiori ostida davra suhbati o`tkazildi. Ushbu tadbirda JG`HMO qo`mondonligi, Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati (HAN) inspeksiyasi hamda Qarshi harbiy prokuraturasi xodimlari ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida avtomobilni boshqarish vaqtida noxush holatlarning oldini olish bo`yicha maslahatlar, favqulodda vaziyatlarda haydovchi o`zini qanday tutishi lozimligi haqida tushunchalar berildi. Harbiy xizmatchilar o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Shuningdek, Qarshi garnizonidagi harbiy xizmatchilarning oila a`zolari bilan «Sog`lom avlod — 2018» nomi ostida bepul tibbiy ko`rik tashkil etildi. Qarshi harbiy gospitali hamda Qashqadaryo viloyati sog`lomlashtirish markazi xodimlari harbiylarning oila a`zolarini tibbiy ko`rikdan o`tkazdilar.

Bolalarning sog`lom ulg`ayishi yo`lida ular muntazam sport bilan shug`ullanishlari lozimligi ota-onalarga tushintirildi va bu borada kerakli yo`nalishlar berildi.

    Boshqa yangiliklar