AsosiyJamiyat

O`zbekistonda pullik avtomobil yo`llari paydo bo`ladi

'O`zbekistonda pullik avtomobil yo`llari paydo bo`ladi'ning rasmi

O`zbekistonda pulli avtomagistrallar paydo bo`lishi mumkin. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi tomonidan taklif qilingan qonun loyihasida aytib o`tilgan.

Unda aytilishiga ko`ra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab respublikada bosqichma-bosqich ravishda pullik avtomagistrallar qurila boshlaydi. Pullik magistrallarni davlat-xususiy sherikchiligi (DXSh) asosida qurish taklif qilinmokda. Pullik avtomobil yo`llar faqat bepul muqobil yo`llar bor bo`lgan yo`nalishlarda paydo bo`ladi.

Tadbirkorlar, investision majburiyatlarini kabul kilish evaziga, avtomobil yo`lning bir qismini olishlari mumkin. Pullik yo`llarda, bepul yo`lga qaraganda soatiga 20 km tezroq harakatlanishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, ishbilarmonlar kunduzgi va kechki vakt uchun o`zgaruvchan tariflarni kiritishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar