1

Bosh prokuratura Qarshi tumanida 8 yoshli qizcha zo`rlangani holatini rad etdi

Jamiyat 01.11.2018, 18:16
Bosh prokuratura Qarshi tumanida 8 yoshli qizcha zo`rlangani holatini rad etdi

Bosh prokuratura Qarshi tumanida 8 yoshli qizcha zo`rlangani holatini rad etdi.

"Ushbu holat bo`yicha sud tibbiy ekspertizasi o`tkazildi. Ekspertiza qizchaga nisbatan hech qanday jinsiy zo`ravonlik qo`llanilmaganini ko`rsatdi. Qizcha bilan psixologlar ishlashdi. Qizchaning ota-onasi bilan suhbat o`tkazilib, ulardan tushuntirish xatlari olindi”, - deb ta`kidladi Bosh prokuratura vakili.

Bosh prokuratura xodimi so`zlariga ko`ra, ayrim fuqarolar yoki OAVlar yolg`on va tekshirilmagan xabarlar tarqatishi natijasida bunday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ta`kidlab o`tildi.

Hozirgi vaqtda Qashqardaryo viloyati huquq tartibot organlari tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o`tamiz, 2018 yil 4 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 60-o`rta maktabning Xonobot qishlog`ilik 2-sinf o`quvchisi, 8 yashar qizaloq maktabdan katta tanaffus vaqtida aldab olib chiqib ketilib, zo`rlangani haqida uning otasi ma`lum qilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1