1

Agentlik kubogi uchun futbol musobaqasi o`tkaziladi

Jamiyat 01.11.2018, 18:27
Agentlik kubogi uchun futbol musobaqasi o`tkaziladi

O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi 8 dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O`zbekiston futbol assosiasiyasi ko`magida televidenie, radio, matbuot nashrlari, internet saytlari, nashriyot-matbaa ijodiy uylari jamoalari o`rtasida Agentlik kubogi uchun mini-futbol musobaqasi o`tkazilishini e`lon qiladi.

Musobaqa 5 ta guruhga bo`lingan jamoalar o`rtasida tashkil etiladi.

“A” guruhida mamlakatimiz televidenielari, “V” guruhida radiokanallari, “S” guruhida respublika gazeta va jurnallari tahririyatlari, “D” guruhida internet tarmog`ida OAV sifatida faoliyat ko`rsatayotgan veb-saytlar, “E” guruhida Agentlik tizimidagi korxonalarning jamoalari o`zaro bellashadilar.

Jamoalar yo`nalishidan kelib chiqib, bitta tahririyatdan yoki bir yo`nalishdagi bir nechta tahririyat vakillaridan tuzilishi, jamoa a`zolarining umumiy soni 8 nafardan kam bo`lmasligi lozim.

Uchrashuvlar O`zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan ajratiladigan tajribali hakamlar ishtirokida mini-futbol qoidalariga ko`ra tashkil qilinadi.

Musobaqada ishtirok etish uchun arizalar hamda jamoalar ro`yxati joriy yilning 1 noyabridan 15 noyabriga qadar O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan qabul qilinadi. Jamoalar musobaqada ishtirok etish haqida:

- ariza;

- jamoa ro`yxati;

- jamoa a`zolarining har biri OAV yoki nashriyotda ishlashi haqidagi ma`lumot nusxasini taqdim etishi lozim.

G`oliblar quyidagi ko`rinishda mukofotlanadi:

1-o`rinni egallagan jamoa a`zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi, musobaqa kubogi hamda jamoaga 10 million so`m pul mablag`i.

2-o`rinni egallagan jamoa a`zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi hamda jamoaga 8 million so`m pul mablag`i.

3-o`rinni egallagan jamoa a`zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi hamda jamoaga 6 million so`m pul mablag`i.

Shuningdek, “Eng yaxshi o`yinchi”, “Eng yaxshi to`purar”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi yarim himoyachi” hamda “Eng yaxshi himoyachi” kabi nominasiyalar bo`yicha ham g`oliblar aniqlanadi va pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.

Futbol uchrashuvlari O`zbekiston futbol assosiasiyasining sun`iy qoplamali maydonlarida 2018 yilning 1-5 dekabr kunlari bo`lib o`tadi.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko`chasi, 30-uy.

Batafsil ma`lumotlarni (71) 244-23-72, (99) 898-06-20, (99) 870-83-04 telefon raqamlari, Agentlikning www.api.uz rasmiy sayti hamda @matbuotminbari telegram kanali orqali olishingiz mumkin.

Tashkiliy qo`mita.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1