AsosiyJamiyat

Xivada yuz bergan yong`inda uy egasining nabirasi halok bo`ldi

'Xivada yuz bergan yong`inda uy egasining nabirasi halok bo`ldi'ning rasmi

Shu yil 31 oktyabr kuni Xorazm viloyatining Xiva tumanida yashovchi B.B.ning uyida yong`in sodir bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.

Yong`in oqibatida uyining 70 kv.m. maydonida tom bostirmasi va uy jihozlari yonib zarar ko`rgan hamda B.B.ning birga yashagan nabirasi S.B. kuyish jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar