1

​Turkiya harbiy mutaxassislari O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida mashg`ulotlar o`tkazadi

Jamiyat 01.11.2018, 19:03
​Turkiya harbiy mutaxassislari O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida mashg`ulotlar o`tkazadi

Turkiya Mudofaa vazirligi Xalqaro harbiy hamkorlik boshqarmasi boshlig`i general-mayor Umit Yildiz boshchiligidagi harbiy delegasiya O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Delegasiyaga Turkiya elchixonasining O`zbekistonda akkreditasiyadan o`tgan harbiy attashesi polkovnik Mustafa Baloglu hamrohlik qildi.

Tashrif davomida harbiy hamkorlik borasidagi bir qator masalalar muhokama qilindi, jumladan, Turkiya tomoni o`zbekistonlik harbiy xizmatchilarning malakasini oshirishga xizmat qiladigan bir qator o`quv markazlari hamda oliy harbiy ta`lim muassasalari ro`yxatini taqdim etib, hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Xususan, taqdim etilgan ro`yxat orasida NATO tomonidan sertifikatlangan Anqara shahridagi Terrorizmga qarshi kurashish markazi hamda «Tinchlik yo`lida hamkorlik» dasturi markazi ham mavjud.

Shuningdek, Turkiya harbiy delegasiyasi turk mutaxassislarini O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida uzoq muddatli seminar-trening mashg`ulotlarga jalb qilish amaliyotini ham qo`llab-quvvatladi. Ular O`zbekistonga harbiy xizmatchilarga turk tilidan dars beradigan o`qituvchilarni ham yuborishga tayyorga ekanliklarini bildirdi.

Bundan tashqari ikki mamlakat oliy harbiy bilim yurtlari o`rtasida 2020 yildan masofadan turib dars o`tish amaliyotini joriy etishni muhokama qilishdi.

Ta`kidlash joizki, O`zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida ayni vaqtda etakchi xorijiy mamlakatlar harbiy bilim yurtlari mutaxassislari bilan onlayn rejimida videomashg`ulotlar o`tkazish amaliyoti joriy etilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1