1

«O`zbekiston havo yo`llari» qishgi mavsumda kiritilgan yangi parvozlar haqida xabar berdi

Jamiyat 01.11.2018, 19:17
«O`zbekiston havo yo`llari» qishgi mavsumda kiritilgan yangi parvozlar haqida xabar berdi

"O`zbekiston havo yo`llari" qishgi parvozlar jadvaliga o`tdi, deb xabar qildi MAK matbuot xizmati.

O`tgan mavsumga nisbatan xalqaro parvozlar soni ko`payganligi qayd etildi. Masalan, Toshkent-Moskva yo`nalishi bo`yicha parvozlar soni haftasiga 27 gacha oshgan.

Bu yilgi qish mavsumida "O`zbekiston havo yo`llari" bir necha shaharlarga yangi doimiy parvozlar kiritdi: Jidda shahriga haftasiga uchta doimiy parvoz, Mumbay shahriga haftasiga uchta parvoz va Vladivostok shahriga haftasiga bitta parvoz - shanba kunlari amlaga oshiriladi.

MAK ma`lumotiga ko`ra, o`zbekistonliklarning qish faslidagi eng ommabop yo`nalishlaridan biri bu Turkiya. Qish mavsumida Toshkentdan Istambulga 10 ta va Samarqanddan 2ta parvoz jadvalga kiritilgan.

Eslatib o`tamiz, “O`zbekiston havo yo`llari" 2018 yil 30 oktyabrdan Toshkent-Parij-Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvozlar soni haftasiga ikki martagacha ko`paytirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1