AsosiyJamiyat

«Moskva – Buxoro» yo`nalishida ilk parvoz amalga oshirildi

'«Moskva – Buxoro» yo`nalishida ilk parvoz amalga oshirildi'ning rasmi

«Sheremetevo» aeroportidan ko`tarilgan «Aeroflot» aviakompaniyaga qarashli Boeing 737 samolyoti 4 soat 5 daqiqadan so`ng 1 noyabr, tongga yaqin ilk bor «Buxoro» xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi. O`z ichiga 155 yo`lovchini olgan havo layneri tantanali kutib olindi, deya xabar beradi O`zA.

Yangi aviaqatnovning yo`lga qo`yilishi AQSh va Evropaning turli shaharlaridan Buxoroga kelayotgan sayyohlar soni ko`payib borayotgani bilan bog`liq. Ular Moskvadan to`g`ridan-to`g`ri qadimiy shaharga kelish uchun «Aeroflot» imkoniyatidan foydalanadi.

Ayni paytda Buxorodan Rossiya poytaxtiga boradigan yo`lovchilar, jumladan, ishbilarmon doira vakillari uchun ham mazkur aviakompaniyaning haftaning payshanba va yakshanba kunlari xizmat ko`rsatadigan havo laynerlari qulay.

Buxoroda «Aeroflot» aviakompaniyasining O`zbekistondagi vakolatxonasi filiali ham ochildi. Bu xizmat ofisi «Buxoro» aeroportida yo`lovchi chipta va yuklarini u yo`l oladigan Evropa mamlakatlari yoki Amerika Qo`shma Shtatlari tegishli shaharlarigacha rasmiylashtirilishini ta`minlaydi. Shu tariqa, yo`lovchi Moskvaga borgach, chiptada ko`rsatilgan manzil uchun hujjatlarni qayta rasmiylashtirishiga hojat qolmaydi.

    Boshqa yangiliklar