AsosiyJamiyat

Poytaxtda yana bir masjid qayta chiroy ochdi (foto)

'Poytaxtda yana bir masjid qayta chiroy ochdi (foto)'ning rasmi

1 noyabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumani “Muhsinxon to`ra” jome masjidi binosining yangidan bunyod etilishi munosabati bilan ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yurtimizdagi taniqli ulamolar, imom-xatiblar va ko`plab namozxonlar ushbu masjidda peshin namoziga jam bo`ldilar va o`zlarining iliq so`zlarini bildirdilar. So`zga chiqqan notiqlar, mana shunday jomeni qaytadan barpo etilishi muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan amalga oshirilayotgan diniy-ma`rifiy sohadagi islohotlarning yorqin namunasi ekani, mo`min-musulmonlarga katta tuhfa bo`lgani va shunday go`zal masjidda ibodat qilishdan baxtiyor ekanlarini izhor qilishdi.
Qurilish ishlariga eng mohir usta va muhandislar jalb etildi. Bunday ezgu ishga hissa qo`shish istagidagi quruvchilar o`z mahoratlarini ko`rsatib, bor kuch-g`ayrat bilan mehnat qilishdi.


Ochilish marosimiga tashrif buyurganlar masjidning go`zal shaklda, zamonaviy uslublar va milliy qadriyatlarimizni o`zida aks etgan binosini ko`zdan kechirib, ushbu masjid musulmonlar uchun mo``tabar maskan sifatida xizmat qilishini alohida ta`kidlab, xayrli duolar qildilar.

    Boshqa yangiliklar