AsosiyDunyo

Xitoyda yo`lovchi tashuvchi avtobus bilan bog`liq ko`ngilsizlik ro`y berdi

'Xitoyda yo`lovchi tashuvchi avtobus bilan bog`liq ko`ngilsizlik ro`y berdi 'ning rasmi

Xitoyning Chunsin shahrida yo`lovchi tashuvchi avtobus bilan bog`liq yana bir ko`ngilsizlik ro`y berdi, deya xabar bermoqda Fishki.net nashri.

Gap shundaki, bortida 15 nafar yo`lovchi va haydovchi bo`lgan avtobus Yansz daryosiga qulagan. Transport vositasini kran yordamida suvdan chiqarib olishdi. Hozircha faqat 9 kishining jasadi topilgan. Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, avtobus yo`lning noto`g`ri tomonidan burilgan va haydovchi nazoratni yo`qotib pastga qulagan.

    Boshqa yangiliklar