Germaniyalik sobiq feldsher Nils Xegel 99 nafar bemorning o`limiga sabab bo`lganlikda ayblanmoqda, deya xabar berdi Day.Az nashri.
U mazkur holat yuzasidan qo`yilgan ayblovlarni sud jarayoni davomida tan oldi. Sobiq tibbiyot xodimi Oldenburg shahridagi klinikada 36 nafar va Delmenxorst shahridagi klinikada yana 64 kishini umriga zomin bo`lgan. Qurbonlarning eng kichigi 34 yoshda, eng keksasi esa 96 yoshda bo`lgan. Ma`lumotlarga qaraganda, u o`z bemorlarini shuhratparastlik uchun o`ldirgan. Uning jinoyati 2008 yilda aniqlangan. Biroq o`sha vaqtda Xegel 6 kishining o`limida ayblangan. Vaqt o`tgani sari uning qurbonlari soni ko`pligi ma`lum bo`ldi. Unga umrbod qamoq jazosi tayinlandi.






