AQShga noqonuniy muhojirlar karvoni tobora yaqinlashmoqda, deb xabar bermoqda Vesti nashri.
Bunga yo`l qo`ymaslik uchun esa mamlakat prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada 15 mingga yaqin harbiy joylashtirilishi haqida ma`lum qildi. Hozir Meksika hududi bo`ylab AQShga Gondurasdan muhojirlar karvoni yo`l olmoqda. Meksika hukumati ma`lumotlariga ko`ra, karvonda 3,6 mingdan ko`proq odam bor. Avvalroq Tramp AQShga yo`l olayotgan karvonda jinoyatchilar va Yaqin Sharqdan shubhali kimsalar borligini aytgan edi. Avvalroq AQSh hukumati muhojirlarning AQSh hududiga kirishining oldini olish maqsadida chegarachilarga yordamga 800 harbiy yuborgan.






