AsosiyDunyo

Edinson Kavani Golden Foot («Oltin oyoq») sovrindori bo`ldi

'Edinson Kavani Golden Foot («Oltin oyoq») sovrindori bo`ldi 'ning rasmi

Urugvay terma jamoasi va «PSJ» klubi hujumchisi Edinson Kavani Golden Foot mukofotining 2018 yilgi laureati deb topildi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

U ushbu e`tirof uchun raqobatda Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Luis Suares kabi hamkasblarini ortda qoldirgan. Golden Foot («Oltin oyoq») sovrini futboldagi yutuqlari va shaxsiy fazilatlari uchun 28 yoshdan oshgan o`yinchilarga topshiriladi. Har yili xalqaro jurnalistlar tomonidan tanlab olingan 10 nafar nomzod internetda ovozga qo`yiladi va g`olib shu asosda aniqlanadi. Mukofot sohibi Monakodagi The Champions Promenadeda oyoq izlarini qoldiradi. Shunday qilib, Kavani Golden Foot mukofotini qo`lga kiritgan ilk urugvaylik futbolchiga aylandi.

    Boshqa yangiliklar