AsosiyDunyo

Eron qiruvchi samolyotlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi

'Eron qiruvchi samolyotlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi 'ning rasmi

Eron Kowsar qiruvchi samolyotlarini ommaviy ravishda ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.

Samolyotning old qismida avionika hamda ko`p nishonli radar joylashtirilgan. Ammo ba`zi ekspertlarning aytishicha, samolyot 60-yillarda ilk bor AQshda ishlab chiqarilgan Northrop F-5ning nusxasi bo`lishi mumkin.

Ushbu harbiy transportlar mamlakatning harbiy qudratini ko`z-ko`z qilish maqsadida ishlab chiqariladi, deyiladi xabarlarda.

    Boshqa yangiliklar