Turizm rivojlanishining dunyo tendensiyasi turizm sanoatining doimiy o`sishini namoyish qilmoqda. O`zbekistonda ham chiqish, ham ichki turizm bo`g`imida turizm xizmatlari sektori o`sib bormoqda. Turizm bozori ekspertlari va ishtirokchilari tomonidan turizm tarmog`iga O`zbekistonning madaniy-tarixiy merosi ob`ektlari integrasiyasining etarli darajada emasligi aytib o`tiladi, bu eng avvalo xorijdagi madaniy-tarixiy ob`ektlarga xos bo`lgan turistlar uchun asosiy servis funksiyalari yo`qligi hisobigadir. Ko`pgina madaniy muassasalarda turistlar va tashrif buyuruvchilar uchun yo`nalishni ko`rsatadigan ma`lumotlar umuman yo`q yoki ular iste`molchining zamonaviy ehtiyojlariga javob bermaydi, yoki kam va xonaki tarzda tayyorlangan.
Turizm-rekreasiya infratuzilmasi ob`ektlariga tashrif buyurishni (eng avvalo yakka turistlar tomonidan) oshirish, oson etib borish va turizm sohasiga madaniy meros ob`ektlarining maksimal tarzda integrallashuvi uchun O‘z DSt 3331:2018 “Turizm xizmatlari. Turizm sohasida navigasiya tizimining axborot belgilari. Umumiy talablar” standarti ishlab chiqildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Turizm yo`l belgilari axborot beruvchi bo`lib ular talablarini buzish imkoni yo`q. Shuni ta`kidlash zarurki yuqorida qayd etilgan tizimning vazifalaridan biri O`zbekistonning turizm infratuzilmasini ommalashtirishdan iborat bo`lishi kerak. Ushbu belgilarning asosiy vazifasi – turistlarga noma`lum joyda yo`nalishni aniqlashda ko`mak berishdir. Jigarrang fondagi yo`l ko`rsatkichlari xorij turistlarining yo`nalishlari o`tadigan yo`llarda o`rnatish uchun mo`ljallangan.
Infratuzilma ob`ekti (shahar, ko`cha, muzey, stadion va h.k.) va geografik ob`ektlarni anglatadigan belgilardagi yozuvlar davlat va ingliz tillarida yoziladi.
Shunday tarzda navigasiya va yo`nalishni ko`rsatuvchi ma`lumotlar tizimining yaxshilanishi turizm ob`ektlariga ayniqsa me`moriy va madaniy yodgorliklarga mosdir, hamda nafaqat turizm infratuzilmasini mukammallashtirish doirasida, balki mamlakatning tarixiy o`tmishiga e`tibor qaratish va hurmatni shakllantirish orqali O`zbekiston fuqarolarida vatanga muhabbat kabi qadriyatlarni rivojlantirish doirasida ahamiyatga egadir. Turistlar uchun navigasiya va yo`nalishni ko`rsatuvchi ma`lumotlar tizimining xalqaro namunalarini tanlashda turizm bozorining rivojlanishi yuqori darajada bo`lgan mamlakatlar tajribasini o`rganishga ahamiyat berilgan. Xususan MDH hamda Evropa ittifoqi mamlakatlarining xalqaro standartlari va tajribalari tahlil qilindi.
Ishlab chiqilayotgan Turizm navigasiyasi tizimi O`zbekiston hududida amalda bo`lgan, shahar va qishloq muhitida, avtomobil magistrallarida belgilar va axborotlarni joylashtirish standartiga O‘z DSt 3283 “Yo`l belgilari. Texnikaviy shartlari” muvofiq bo`lishiga alohida e`tibor berildi.
Grafik tizimning bir xilligini ta`minlash uchun piktogrammalarda birlashtiruvchi modul elementlaridan foydalaniladi. Sharhlar va stilizasiya umumdavlat darajasidagi tizimning yuqori estetik talablariga javob beradi. Foydalanilayotgan rang, grafika, ularning haryoqlamaligi va tez tanilishi landshaf va iqlimiy xususiyatlariga qaramasdan O`zbekistonning barcha hududida belgilar va ko`rsatkichlarni o`rnatish jarayonini standartlashtirishga imkon yaratadi. Tizimning qo`llaniladigan ko`z bilan ko`riladigan elementlari turli millatlar va diniy konfessiyalarning vakillari qabul qilishidagi farqlarni hisobga olib ishlab chiqilgan.
Ushbu turizm yo`l belgilari joylardagi hokimiyatlar qarori bo`yicha o`rnatiladi va O`zbekiston Respublikasi Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi qoshidagi “Uzavtoyo‘lbelgi” DUK tomonidan tayyorlanadi.






