Moskva shahridagi Elchixonaning konsullik bo`limi Markaziy federal okrugga xizmat ko`rsatadi. Bu haqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Unga ko`ra Rossiya Federasiyasi hududidagi O`zbekiston Respublikasining yangi bosh konsulxonalari konsullik okruglari tashkil etildi.
Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxona - Shimoli-g`arbiy federal okrug; Novosibirskdagi - Sibir federal okrugiga; Vladivostok shahridagi - Uzoq Sharq federal okrugiga; Ekaterinburgdagi Bosh konsulxona - Ural federal okrugiga; Qozon shahridagi Bosh konsulxona Volga bo`yi federal okrugiga; Rostov-na-Donu shahridagi Bosh konsulxona Shimoliy-Kavkaz va Janubiy federal okrugiga biriktirilgan.
TIV axborot xizmati shuningdek, Vladivostok, Ekaterinburg, Qozon, Rostov-na-Donu shaharlaridagi bosh konsulxonalar tomonidan konsullik harakatlar amalga oshirilmayotgani sababli zarur tashkili masalalar hal etilgunga qadar O`zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi konsullik bo`limi Volga bo`yi, Shimoliy-Kavkaz va Janubiy federal okruglariga, Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxona esa Uzoq Sharq va Ural federal okruglariga ham xizmat ko`rsatishini ma`lum qilgan.
Ta`kidlanishicha, har bir konsulxonaning to`liq faoliyat yuritishi boshlanishi to`g`risida qo`shimcha tarzda ma`lum qilinadi.
04.11.2018 15:12
Rossiya hududidagi O`zbekiston fuqarolari diqqatiga






