1

Farg`onada profilaktika inspektori jazolandi

Jinoyat 06.11.2018, 13:33
Farg`onada profilaktika inspektori jazolandi

Farg`onada 400 ming so`m pora bilan qo`lga tushgan ichki ishlar xodimiga nisbatan sud hukmi o`qildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Ichki ishlar xodimlarini yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashdagi xizmati beqiyos. Afsuski, ular orasida ham o`z burchini unutganlar ham uchrab turibdi. Elyor Yuldashev Farg`ona shahar IIB 2-sonli ichki ishlar bo`limi profilaktika inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Afsuski, nafs qutg`usi uni to`g`ri yo`ldan adashtirdi. U xizmat olib borayotgan hududida yashovchi fuqarolarni ma`muriy tartibda qamoqqa olish bilan qo`rqitib, ta`magirlik qilgan. Shu bilan birga aholidan tushayotgan ariza va murojaatlarni turli bahonalar bilan rad qilib, o`z vaqtida qayd etmasdan, ular bo`yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmagan.

2018 yilning 10 may kuni fuqaro G.O ning arizasi asosida iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg`ona shahar bo`limi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tadbirda arizachidan 400 ming so`m pulni pora tariqasida olayotganda qo`lga olindi. Olib borilgan tergov surishtiruv jarayonlarida E.Yuldashev arizachidan joriy yilning 2 may kuni ham 200 AQSh dollari pora olganligi, u jinoiy harakatlarini mahalla posboni orqali amalga oshirilgani aniqlandi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudi E.Yuldashevning qilmishiga yarasha jazo tayinladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1