Amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyvezer 31 dekabrda Yaponiyaning Tokio shahrida aralash yakkakurash (MMA) qoidalari bo`yicha ilk jangini o`tkazadi, deb xabar bermoqda News.day.az nashri.
41 yoshli bokschining raqibi yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukava bo`ladi. U hozirga qadar boksda 50 ta jangning barchasida g`alabaga erishgan. Bokschi 2017 yil 26 avgustda o`tkazgan oxirgi jangida irlandiyalik yakkakurash jangchisi Konor Makgregorni texnik nokaut bilan mag`lub etgan. So`ngi vaqtlarda Meyvezerning UFC chempioni Habib Nurmagomedov bilan jang o`tkazishi mumkinligi haqida turli gap-so`zlar tarqagan edi. Ammo amerikalik bokschi Habib bilan faqatgina boks qoidalari bo`yicha jang o`tkazishi mumkinligini ma`lum qilgan.






