AsosiyDunyo

AQSh tufayli Eronni xorijiy korxonalar tark etmoqda

'AQSh tufayli Eronni xorijiy korxonalar tark etmoqda 'ning rasmi

Eron AQShning iqtisodiy bosimini Tehronga qarshi ruhiy urushning bir qismi, deb hisoblashini va Vashingtonning barcha harakatlari befoyda ekanini ma`lum qildi, deya xabar qilmoqda Ria.ru nashri.

Mamlakat rahbari Hasan Ruhoniy Eronning cheklovlarga qaramay, o`z neftini sotishni davom etirishini ta`kidlagan. Shuningdek, Ruhoniy AQShning barcha sanksiyalarini chetlab o`tishini ham qayd etdi. Bunda Eron xalqi va jamiyatdagi birdamlik yordam beradi, deydi Hasan Ruhoniy. Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif esa jahon hamjamiyatini Qo`shma Shtatlar global tartibni buzishiga yo`l qo`ymaslikka chaqirdi. Ayni vaqtda xorijiy korxonalar esa Eronni tark etishmoqda. Bu esa aholi o`rtasida ishsizlikni oshiradi.

    Boshqa yangiliklar