1

Xalq ta`limi vaziriga yangi o`rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat 07.11.2018, 10:04
Xalq ta`limi vaziriga yangi o`rinbosarlar tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xalq ta`limi vazirining o`rinbosarlarini tayinladi va ular bugun vazirlik xodimlariga tanishtirildilar. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Prezident qaroriga ko`ra, Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari vazifasini bajarib kelgan Alisher Umarov Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari, vazir o`rinbosari vazifasini bajarib kelgan Atabek Nazirov va Sarvar Babaxodjaev vazir o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Xalq ta`limi vaziriga yana ikki nafar o`rinbosar tayinlandi. Ulardan biri Dilshod Kenjaev ayni vaqtda faoliyatini Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o`rinbosari sifatida boshlagan Alisher Sa`dullaev o`rnini egalladi.

Bungacha Kenjaev Dilshod Mutalibovich Vazirlar Mahkamasi madaniyat-san`at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentining yoshlar siyosati va ma`naviy rivojlantirish masalalari sho``basi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Yana bir bo`sh turgan Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari lavozimiga Ibrohim Jo`raev tayinlandi. U hududiy boshqarmalar faoliyatini hamda maktablarni qurish, ta`mirlash va jihozlash masalalari bo`yicha javobgar bo`ladi.

Ibrohim Jo`raev davlat xizmatida oxirgi ish joyi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida vazir o`rinbosari lavozimi bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1