1

Xalq ta'limi vazirligi maktab avtobuslari haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi

Jamiyat 07.11.2018, 10:11
Xalq ta'limi vazirligi maktab avtobuslari haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi

O`zbekiston Xalq ta`limi vazirligi ba`zi internet nashrlarida mamlakatimizning barcha maktablari 2019 yilning 1 yanvarigacha avtobuslar bilan ta`minlanishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritadi, deb xabar bermoqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati.

Joriy yilning 2 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida xalq ta`limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazilgan edi.

Mazkur yig`ilishda 2019 yil 1 yanvargacha joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantirish vazifasi qo`yildi. Asosiy maktab tashkil etish maqsadga muvofiq bo`lmagan joylarda esa, o`quvchilarning asosiy maktabga borishlari uchun avtobus xizmatlari yo`lga qo`yilishi masalasini o`rganib chiqish kerakligi ta`kidlandi. Bu tashabbus qishloq bolalarini ham yaxshi sharoitlarda o`qishini ta`minlash o`quvchilar uzog`ini yaqin qilishga qaratilgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Xalq ta`limi vazirligi tizimida 9,6 mingdan ziyod maktablar faoliyat yuritadi va ularning barchasini ikki oyda avtobuslar bilan ta`minlash imkoniyati mavjud emas. Shuning uchun bu masala, birinchi navbatda eng zarur bo`lgan uzoq joylardagi maktablar uchun ko`zda tutiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1