1

Uyi butunlay yonib ketgan fuqarolarga ko`mak beriladi

Jamiyat 07.11.2018, 11:26
Uyi butunlay yonib ketgan fuqarolarga ko`mak beriladi

Toshkent shahri Olmazor tumani Miskin mahalla fuqarolar yig`ini Magaziy Mavzuk ko`chasi 99-uyda sodir bo`lgan yong`in natijasida turar joy binosi butunlay yonib ketgan edi.

Xonadon egasi Bekxodjaev Solihbek Yusufovichning yordam so`rab qilgan murojaati asosida “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari va xodimlari yong`in sodir bo`lgan uyga borib, mavjud holat bilan tanishdilar. 2018 yilning 12 avgust kuni taxminan kech soat 22:00 da sodir bo`lgan yong`in oqibatida uy butunlay yonib ketganligi va hech narsa qolmaganligi aniqlandi. Miskin MFY raisi M.Isaev boshchiligida tuzilgan komissiya tomonidan o`rganilgan ma`lumotlarda ham ushbu uyda yashash uchun hech qanday sharoit qolmagani tasdiqlandi.

Xonadon egalariga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan tez kunda yordam berilishi ma`lum qilindi, deb yozmoqda O`zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1