1

Saylov kodeksi qabul qilinadi

Jamiyat 07.11.2018, 11:32
Saylov kodeksi qabul qilinadi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qaror bilan saylov tizimini yanada takomillashtirishning eng muhim yo`nalishi etib shu jumladan, saylovlarni o`tkazishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, saylov komissiyalari faoliyatida jamoatchilik ishtirokini keng ta`minlash belgilandi.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi a`zolari daxlsizlik maqomi bo`yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a`zolariga tenglashtirildi.

Markaziy saflov komissiyasi tarkibida Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo`yicha o`quv markazi tashkil etildi. Markaz saylov komissiyasi a`zolarini o`qitish va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.

Shuningdek, qaror bilan Saylov qonunchiligi va huquqni qo`llash amaliyotini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Saylov kodeksi loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o`tkazish, muhokama natijalariga ko`ra loyiha matnini takomillashtirish va Saylov kodeksini qabul qilish (muddat 2018 yil noyabr-dekabr), shuningdek boshqa qonun hujjatlari va Markaziy saylov komissiyasi hujjatlarini Saylov kodeksiga muvofiqlashtirish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1