1

Harbiy gospitallarga xorijdan ko`plab zamonaviy uskunalar xarid qilindi

Jamiyat 07.11.2018, 11:47
Harbiy gospitallarga xorijdan ko`plab zamonaviy uskunalar xarid qilindi

Harbiy xizmatchilarning sog`ligini saqlash va mustahkamlash, bemorlarga tibbiy muolaja ko`rsatish, davolash va sog`lomlashtirish jarayonlarini zamon talablariga mos tarzda olib borish maqsadida O`zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan yangi texnika va uskunalarni xarid qilindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, harbiy-tibbiyot muassasalarining infratuzilmasini yanada rivojlantirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida xorijdan tibbiy uskunalar olib kelindi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar kengashining harbiy-ma`muriy sektori tomonidan ushbu yo`nalishda 3 mlrd. so`m ajratilib, Nukus harbiy gospitali hududida yuqumli kasalliklar bo`linmasi va boshqarmasi yangidan barpo etilib, barcha jihozlar bilan ta`minlandi.

Markaziy harbiy okrugida esa Mudofaa vazirligi mablag`lari hisobidan Forish tog` dala o`quv maydonida joylashgan harbiy qism tibbiyot punkti yangidan qurildi va zarur tibbiy jihozlar bilan ta`minlandi. Sharqiy harbiy okrugidagi harbiy qism tibbiyot punkti Namangan viloyati harbiy-ma`muriy sektor tomonidan ta`mirlandi. Shuningdek, Mudofaa vazirligi mablag`lari hisobidan Farg`ona harbiy gospitali yuqumli va teri-tanosil kasalliklari bo`limlari, poliklinika, oshxona, dorixona, oziq-ovqat va kiyim-kechak omborlari kapital ta`mirlanib, jihozlandi.

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qism tibbiyot punktida joriy ta`mirlash ishlari o`tkazildi. Markaziy harbiy klinik gospitali hududida zamonaviy ko`p tarmoqli klinika qurilishi boshlandi. Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugi harbiy qism tibbiyot punkti Qashqadaryo viloyati harbiy-ma`muriy sektori tomonidan to`liq kapital ta`mirlandi va jihozlandi.

– Xorijdan xarid qilingan tibbiyot uskunalari orasida zamonaviy videoendoskop jamlanmasi Markaziy harbiy klinik gospitaliga o`rnatililgan bo`lsa, 3 komplekt kichik dozali raqamli flyuorograf, rentgenloskopiya va rengenografiya apparatlari Markaziy harbiy klinik gospitali hamda Termiz va Farg`ona harbiy gospitallariga o`rnatildi. 2 donaultratovush diagnostik apparati esa endilikda Qarshi va Nukus harbiy gospitallarida bemorlarda kasalliklarning erta tashhislash yo`lida xizmat qilyapti, – deydi Mudofaa vazirligi Tibbiy ta`minot boshqarmasi boshlig`i Nosirjon Fozilov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1