Tashqi ishlar vazirligi Malayziya tashrif buyuruvchi O`zbekiston fuqarolarini Malayziya migrasiya qonunchiligi bilan tanishtirib, taqdim etilishi kerak bo`lgan hujjatlar haqida eslatma berdi.
Malayziya migrasiya talablariga binoan, ushbu mamlakatga tashrif buyurayotgan xorijiy fuqarolar quyidagilarni taqdim etishlari shart:
- mazkur davlatga kirgan sanadan boshlab amal qilish muddati 6 oydan kam bo`lmagan fuqarolik pasporti yoki harakatlanish hujjati;
- Malayziya hududida bo`lishlari uchun etarli moddiy mablag`ga ega ekanliklarini isbotlashlari;
- qaytish yoki uchinchi davlatga borish chiptasi.






