Abdulaziz Oqqulov Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar berdi.
Abdulaziz Oqqulov 2018 yilning 22 may kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisiga o`rinbosar etib tayinlangandi. 2017 yilning yanvaridan 2018 yil mayigacha qo`mitaning turizm sohasini rivojlantirishni tahlil qilish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan.
U 2018 yil 26 oktyabr kuni ishdan ketgan Baxtiyor Umarov o`rniga raislikni bajarib turadi.






