Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmlari davlat xizmatlari ko`rsatish sohasida o`tkazilgan tekshirishlarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan yo`l qo`yilgan qonun buzilishi holatlari va ularni bartaraf etish bo`yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Xususan, joriy yilning 10 oyi davomida Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan aniqlangan 6 370ta qonun buzilishi holatlari hokimliklarga to`g`ri keladi. Shundan, 2 882ta holatda arizalarni ko`rib chiqish muddati buzilgan, 741 tasi bo`yicha ortiqcha hujjatlar talab qilingan, 28 ta xizmatlar markazlar orqali emas, balki to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatilgan, 24 ta arizalarga assosiz rad javobi berilgan hamda 2 695 ta boshqa qonun buzilishlarga yo`l qo`yilgan.
Mazkur sohada aniqlangan qonun buzishlarning 3 393tasi dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish uchun lisenziya berish xizmatiga, 1 988tasi umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolli mahsulotlarni sotish va 285 tasi alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish uchun ruxsat guvohnomasi berishga, 463 tasi turar joyni noturar joy toifasiga o`tkazishga ruxsatnoma berishgato`g`ri kelmoqda.
Aniqlangan holatlar bo`yicha qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to`g`risidagi taqdimnomlar, qonun buzilishi holatlariga yo`l qo`ymaslik yuzasidan ogohnomalar kiritilgan. Aybdor shaxslarga nisbatan ma`muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilgan. Bu xaqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Natijada, 144 ta shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan bo`lib, shundan, 20 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 117 nafar shaxslar davlat xizmatlari ko`rsatish tartibini buzganliklari uchun ma`muriy javobgarlikka tortildi.
Masalan, Taxiatosh tumanida yashovchi A.E turar joyni noturar joy toifasiga o`tkazishga ruxsat berish haqidagi murojaati tuman hokimligi tomonidan belgilangan muddat va tartibda ko`rib chiqilmaganligi natijasida tuman hokimi o`rinbosari O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 2155-moddasi 1-qismi bilan eng kam oylik ish hakining uch barobari miqdorida jarimaga tortildi.