AsosiyJamiyat

Paxtachida elektr energiyasidan va suv ta`minotidan noqonuniy foydalangan holat aniqlandi

'Paxtachida elektr energiyasidan va suv ta`minotidan noqonuniy foydalangan holat aniqlandi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Paxtachi tuman bo`limi tomonidan iste`molchilarning energiya resurslari va suv ta`minotidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ahvoli muntazam o`rganib borilmoqda. Afsuski, iste`molchilar orasida qoidabuzarlar hali-hanuz uchrab turibdi. Bu haqda Samarqand viloyat boshqarmasi Majburiy ijro byurosi xabar berdi.

Navbatdagi tekshirishlarda “Ukrach” mahallasida yashovchi fuqaro S.A. o`ziga tegishli bo`lgan dala shiyponida elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga zid ravishda, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga quvvati 18 kVt/soatlik elektr qurilmasi orqali noqonuniy ravishda, o`zboshimchalik bilan foydalanib kelgan.

Tekshiruvga qadar 122 ming 391 kVt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelishi oqibatida elektr ta`minoti korxonasi manfaatlariga 27 mln. 998 ming so`m miqdorida zarar etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Paxtachi tuman bo`limi tomonidan fuqaro S.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 1852-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar