O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, Toshkent viloyati IIB boshlig`iga 3 nafar yangi o`rinbosar tayinlangan.
Jumladan, podpolkovnik Rustamjon Xolmirzaevich Do`stmatov Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosari lavozimini egallagan.

Dustmatov Rustamjon Xolmirzaevich
Podpolkovnik Aliaxmed Omonovich Choriev Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig`i lavozimida ish boshlagan.

Choriev Aliaxmed Omonovich
Podpolkovnik Azizxon Abralxanovich Agzamov esa Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari-moliya va moddiy-texnika ta`minoti boshqarmasi boshlig`iga aylangan.

Agzamov Azizxon Abralxanovich






