AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Rossiyada mehnat qilish uchun patent berish markazi ochiladi

'O`zbekistonda Rossiyada mehnat qilish uchun patent berish markazi ochiladi'ning rasmi

O`zbekistonda Rossiyaning ko`p tarmoqli migrasiya markazi tashkil qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Markazda O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga Rossiya Federasiyasida mehnat qilishga patent beriladi.

O`zbekiston fuqarolariga patent berish tashabbusini 2018 yil 30 oktyabr kuni Moskvada O`zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari Erkin Muhiddinov va Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vazirining o`rinbosari Aleksey Cherkasov muhokama qilgan.

Tomonlar erishilgan kelishuvlar bo`yicha 2018 yil 20 dekabrda Toshkentda ishchi guruhning ilk yig`ilishini o`tkazishga kelishib olishgan.

Bundan tashqari, uchrashuvda O`zbekiston aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi, Rossiya mehnat vazirligi Butunrossiya ilmiy tadqiqot instituti va Iqtisodiyot oliy maktabi o`rtasida fuqarolarning ish stajini hisobga olish va pensiya huquqlari bo`yicha hamkorlik bitimi loyihasi, shuningdek ikki davlat pensiya jamg`armasi o`rtasidagi elektron baza ma`lumotlarini almashish masalalari muhokama qilingan.

    Boshqa yangiliklar