Bugun, 14 noyabr kuni soat 11:00da Milliy matbuot markazida “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari, mavjud muammolar ularning echimlari to`g`risida” hamda “Davlat pensiya ta`minoti tizimini takomillashtirish konsepsiyasining mohiyati to`g`risida”gi mavzularida press-konferensiya o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi direktori Yorqin Tursunovning ta`kidlashicha, 14 noyabr holatiga ko`ra pensionerlarning 75 foiziga pensiya to`lab berildi, pullarini plastik karta orqali olayotganlarga esa 100 foiz pensiya to`landi.
Ta`kidlanganidek, 2018 yilning o`tgan davrida Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi apparatiga 5925 nafar fuqarodan kelgan yozma ariza, shikoyat va takliflarga javob berildi. Pensiya jamg`armasining Ishonch telefoni orqali 754 nafar va Bosh prokuraturaning Ishonch telefoni orqali 198 nafar fuqarodan qabul qilingan murojaatlar o`rnatilgan tartibda o`rganildi.
O`z lavozim majburiyatlariga mas`uliyatsizlik bilan yondashgan xodimlarning 5 nafari ishdan olindi, yana 184 nafar xodimga nisbatan intizomiy chora ko`rildi.






