Temir yo`l chipta kassalarida chipta sotib olish uchun navbat kutmagan insonni topish qiyin. Ho`sh kimlar navbatsiz, belgilangan imtiyozga ko`ra chipta harid qilish imkoniyatiga ega?
- 10 yoshgacha bolali yo`lovchilarga, shuningdek yo`llanmalar bo`yicha sanatoriya-kurort davolanishiga borayotgan 10 yoshdan katta kasal bolalarni kuzatib borayotgan yo`lovchilar;
- Prezident Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasining mas`ul xodimlari;
- Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, temir yo`llarda yuk va yo`lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi xizmatchilari, xizmat ko`rsatish hududlari doirasida yoki xizmat safari guvohnomalarida ko`rsatilgan stansiyalargacha xizmat ishlari yuzasidan kechiktirib bo`lmaydigan yo`lga chiqishlarda tibbiyot xodimlari, veterinariya va sanitariya nazorati xodimlari;
- tasdiqlangan telegraf chaqiruvi bilan ketayotgan shaxslar;
- avariya yoki yong`inni bartaraf etish uchun safarbar qilingan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O`zdavneftgazinspeksiya”, gaz nazorati, gaz, kimyo, neft, neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati, geologiya xizmatchilari imtiyozli asosda chipta sotib olish huquqiga ega.






