Madaniyat vaziri navbatdagi xizmat safarida. O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev Rossiya Federasiyasi Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy taklifiga binoan 15-17 noyabr kunlari Sank-Peterburg shahrida bo`lib o`tadigan VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat Forumida ishtirok etish uchun yo`l oldi.
Ushbu Forum 2012 yildan buyon o`tkazilib kelinmoqda. Ta`kidlash joizki, bu kabi madaniy forumlar soha mutaxassislari uchun xalqaro miqyosda tajriba almashish maydoni bo`lib xizmat qiladi.
Sankt- Peterburg xalqaro madaniy forumining asosiy maqsadlaridan biri bu: Madaniyat insoniyat merosi sifatida rivojlantirilishiga qaratilgan milliy, davlatlararo, global dasturlarni ishlab chiqish va ularni halqaro maydonda amalga oshirishdir. Jahon va mahalliy miqiyosda madaniyatning milliyy qadriyatlarni saqlab qolgan holda, zamonaviy jamiyatni rivojlantirishda yangi samarali mexanizmlarni yaratish va samaradorligini ta`minlashdir.
Madaniyat sanoatini joriy etish, ya`ni madaniyat o`zini-o`zi ijtimoiy muhitini yaratishda va uni rivojlantirishda hamda o`zini boshqarishda samaradorligini oshirishdir.
Madaniyat vaziri bu Forumda madaniyat va san`at sohasida strategik ahamiyatga ega uchrashuvlar va kelishuvlarni amalga oshirishni ko`zda tutgan. Albatta rivojlanayotgan davlatimizga yangi tajriba, hamkorlik shartnomalari va do`stonakelishuvlar zururdir.
Forum tashkilotchilari: Rossiya Federasiyasi hukumati, Madaniyat vazirligi, Sankt-Peterburg hukumati.






