O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi oiladagi tarbiya, odob qadriyatlari mavzusida xalqaro konferensiya o`tkazadi.
Yosh avlodda ma`naviy-axloqiy, odob qadriyatlarini va ota-onaga hamda katta yoshdagi insonlarga hurmatni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va madaniy-ilmiy salohiyatini oshirish borasida xalqaro tajribani keng o`rganish va mamlakatimizda ommalashtirish masalalarida fikr almashish uchun xorijiy davlatlarning etuk mutaxassislari ishtirokida xalqaro konferensiya o`tkazadi.
Anjumanni o`tkazishdan maqsad farzand tarbiyasida oilaning mas`uliyatini oshirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, sog`lom turmush tarziga amal qilishda bolaning oilada yashash va tarbiya qilish huquqini ta`minlash, barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning o`rni va rolini oshirish kabi masalalar bo`yicha xorijiy va mahalliy mutaxassislar bilan fikr almashish va tajribalar o`rganishdir.
Xalqaro konferensiyada o`ndan ortiq chet el mamlakatlaridan tashrif buyurgan professor-olimlar, oilashunos olimlar, professor-o`qituvchilar, psixologlar, islomshunoslar ishtirok etishadi. Chet ellik mutaxassislar o`zlari olib borgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, izlanishlar natijalari bilan o`rtoqlashadilar.






