AsosiyJamiyat

Yunusoboddagi yirik yong`inning tafsilotlari ma`lum bo`ldi

'Yunusoboddagi yirik yong`inning tafsilotlari ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Avvalroq, bugun Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi sintefon ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar IIBB ma`lum qilishicha, yong`inni o`chirish uchun 15 ta asosiy va 8 ta yordamchi maxsus texnikadan foydalanilgan. Yong`in 12:49 da to`la bartaraf etilgan.

Ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonning buzilishi yong`inga sabab bo`lgani taxmin qilinyapti. Olov 2800 kvadrat metr maydonga yoyilgan.

Voqeada hech kim halok bo`lmagan. Faqatgina bir ishchi yong`inni o`chirishga urinib, kuyish jarohatini olgan.

    Boshqa yangiliklar