Bugun, 14-noyabr kuni Nukus shahridagi Yoshlar markazi binosi oldida O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi va "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limining tuman va shahar bo`limlariga, shu bilan birgalikda "Nuroniy" jamg`armasiga Prezident sovg`alari topshirildi. Bu haqda kruz.uz nashri xabar berdi.
Jumladan, "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`limining tuman va shahar bo`limlariga 15 ta Spark mashinasi, "Nuroniy" jamg`armasiga ISUZU avtobusi va O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashiga ham ISUZU avtobusi topshirildi.


Prezident sovg`alarini topshirish marosimida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Rustam Qosimov, "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi raisi Dilorom Toshmuhammedova hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranboev ishtirok etishib, Prezident sovg`alarini tantanali tarzda o`z egalariga topshirdilar.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashiga Prezident sovg`asini O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranboev topshirdi.


Endi qoraqalpog`istonlik yoshlar bir-birlari bilan tajriba almashish uchun Qoraqalpog`istonning uzoq tuman va shaharlarga shinam avtobuslarda, qiynalmasdan borishadigan bo`lishdi.







