“Save the Children” xalqaro nodavlat tashkiloti bugungi kunda Italiyada 12 % bolalar kambag`allikdan aziyat chekayotganini ma`lum qildi, deya xabar berdi Ren.tv nashri.
Mamlakatning chekka hududlarida oilaviy og`ir sharoit tufayli bolalar o`rta maktablarga borolmayapti. Ushbu ko`rsatgich bo`yicha Italiya Evropa Ittifoqiga a`zo davlatlar ichida eng so`nggi o`rinda turibdi. Vaziyat esa tobora yomonlashib bormoqda. Yana bir ma`lumotga ko`ra, italiyalik bolalar yoshga doir bilimlarni o`zlashtirish borasida ham past ko`rsatgichga ega.






