AsosiyDunyo

G`azo sektorida 5 kishi halok bo`ldi

'G`azo sektorida 5 kishi halok bo`ldi 'ning rasmi

12 noyabr kuni Isroil samolyotlari falastinliklarning G`azodagi yuzlab ob`ektlariga hujum uyushtirgan edi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

Oxirgi ma`lumotlarga ko`ra, nizolar oqibatida ikki tomondan kamida 5 kishi halok bo`lgan: G`azo sektorida 4 kishi va Isroilning Ashkelon shahrida bir kishi. Shuningdek, Isroil armiyasining javob hujumi davomida G`azo portidagi bir kema yo`q qilingan, HAMAS bu kemadan razvedka va diversiya maqsadlarida foydalanib kelgan. Shuningdek, ushbu tashkilot faoliyatini targ`ib qilish bilan shug`ullanuvchi Al-Aqsa telekanali binosi vayron etilgan. Hujumdan avval binodagi odamlar evakuasiya qilingandi. Falastinliklar ham Isroilga qarshi «olov halqasini kengaytirishi»ni e`lon qilishgan.

    Boshqa yangiliklar