AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda 446 nafar ishsiz ayol ish bilan ta`minlandi

'Qoraqalpog`istonda 446 nafar ishsiz ayol ish bilan ta`minlandi'ning rasmi

O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi tashabbusi bilan Qoraqalpog`iston Respublikasining turli hududlarida 87 ta sexlar tashkil qilindi, 446 nafar ayol ish bilan ta`minlandi.

Bugun Qoraqalpog`iston Respublikasining Amudaryo va Beruniy tumanlarida yana 2 ta tikuv sexi ish boshladi.

O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi ayollar bandligini ta`minlash va ular orasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha o`z ishini davom ettiradi.

Yil boshidan buyon Qoraqalpog`iston Respublikasida 20 mingga yaqin ishsiz ayol aniqlangan edi. Ulardan 18 ming 184 nafar ayollar ish bilan ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar