"Nihol" mukofoti sovrindori xonanda Manzura Yo`ldosheva oilasi yana bir og`ir judolikka uchradi.
Xonandaning volidasi Muqita Musaeva bugun, 15 noyabr kuni 73 yoshida olamdan o`tdi.
Shu yilning 8 iyul kuni Manzura Yo`ldoshevaning otasi – O`zbekiston xalq rassomi Muborak Yo`ldoshev 84 yoshida olamdan o`tgan edi.
Tahririyatimiz nomidan marhumaning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.






