Toshkent shahrining Yunusobod tumanida shu yil 14 noyabr kuni Bog`ishamol ko`chasida joylashgan “Stroyteploizolyasiya biznes” XKga qarashli sintefon ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar berilgan edi.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ko`rilgan choralar natijasida yong`in soat 10:34da o`rab olinib, soat 12:44 da o`chirildi. Yong`in natijasida sexning 2 800 kv.m. maydonidagi binoning tom, shift, ichki qismi, taxta panjarali va ishlab chiqarish jihozlari yonib zarar ko`rgan.
Yong`in o`chirish vaqtida korxona ish boshqaruvchisi M.K. kuyish jarohatlari bilan shuningdek, Toshkent shahar IIBB YoXB xodimi kichik serjant Sh.U. shu sex tomida bo`lgan vaqtida tom ko`chib tushishi natijasida yiqilib jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Yong`in kelib chiqish sabablari va etkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash yuzasidan surishtiruvni Toshkent shahar IIBB olib bormoqda.






