AsosiyDunyo

AQSh o`z harbiy bazalarini Kuril orollariga joylashtirolmaydi

'AQSh o`z harbiy bazalarini Kuril orollariga joylashtirolmaydi 'ning rasmi

Singapurda bo`lib o`tgan ASEAN sammitida Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Kuril orollari yapon tomoniga beriladigan bo`lsa, unda u erda AQSh harbiy bazalarini joylashtirmaslika va`da berdi, deya xabar berdi Euronews nashri.

1956 yilda imzolangan Qo`shma sovet-yapon deklarasiyasiga ko`ra, agar tomonlar tinchlik to`g`risidagi kelishuvni imzolasa, unda Yaponiya Xabomai va Shikotan orollariga ega bo`ladi. Yaponiya va AQSh o`rtasidagi kelishuvlarga muvofiq, amerikalik harbiylar butun mamlakat hududi bo`ylab joylashishi mumkin. Biroq, ularning qo`shimcha qilishicha, Yaponiyadan mahsus ruhsat olmasdan AQSh harbiy kuchlari mamlakatdagi o`z ishtiroklarini kuchaytirolmaydilar.

    Boshqa yangiliklar