AsosiyJamiyat

Rossiyaning Saratov viloyatidagi YTHda 5 nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi

'Rossiyaning Saratov viloyatidagi YTHda 5 nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati tomonidan Rossiyaning Saratov viloyatida yuk poezdi va avtobus to`qnashuvida halok bo`lgan 5 nafar o`zbekistonliklar haqida axborot e`lon qilindi.

“2018 yilning 17 noyabr kuni Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma`lumotga asosan, joriy yilning 17 noyabr kuni 12:00larda (Moskva vaqti bilan) Saratov viloyati, Ozinskiy tumani hududidan o`tuvchi A-298 Federal avtomobil yo`lining 225 kmda “Saratov – Uralsk - Kazaxstan” yo`nalishida harakatlanib kelayotgan d/r KZ 271 KFB 13 “Setra” rusumli avtobusi temir yo`l poezdining kesishmasida 3003s sonli yuk poezdi bilan to`qnashib yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi”, deyiladi xabarda.

“Setra” avtobus salonida bo`lgan 7 nafar yo`lovchilardan 5 nafari o`zbekistonlik bo`lib, ular voqea joyida vafot etgan. 2 nafar yo`lovchining tan jarohati olgani aytilmoqda. Ular Qozog`iston fuqarolaridir.

Axborotda vafot etgan fuqarolar haqida quyidagi ma`lumotlar keltirilgan:

1. Bozorov Abdubannob Maxmutalievich, 1975 y.t. (yo`lovchi).

2. Egamov Alimardon Qosimalievich, 1986 y.t. (yo`lovchi).

3. Qosimova Gulxumor Jumaboevna, 1987 y.t. (yo`lovchi).

4. Xalilova Orzixon Uktamovna, 1987 y.t. (yo`lovchi).

5. Zaidov Murodjon Yusupovich, 1975 (yo`lovchi).

Vafot etgan fuqarolarning jasadlari Ozinskiy tumani markaziy shifoxonasi morgida saqlanmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog`liqni saqlash vazirliklari va O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda vafot etgan fuqarolarning shaxsiga to`liq aniqliklar kiritish, yaqin qarindoshlariga xabar berish bo`yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar