AsosiyDunyo

Kaliforniyada yong`inlar tufayli havo ifloslanishi xavfli darajaga etdi

'Kaliforniyada yong`inlar tufayli havo ifloslanishi xavfli darajaga etdi'ning rasmi

Kaliforniya Sog`liqni Saqlash Departamenti ushbu shtat aholisiga yong`in oqibatida havo ifloslangani tufayli respiratorlardan foydalanishni tavsiya qildi.

San-Fransisko Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining shanba kuni bergan xabariga qaraganda, shaharda “binafsharang” ogohlantirish ya`ni atrof-muhitga oid oltita ogohlantirishlarning eng so`nggi darajasi e`lon qilingan.

“San-Fransisko shahridagi havo sifati “binafsharang” darajada bo`lib, aholining barcha guruhlari salomatligi uchun xavf tug`diradi. Binolarni tark etmaslik, deraza va eshiklarni yopiq holatda saqlash maqsadga muvofiq", - deb yozilgan muassasaning Tvitterdagi sahifasida. Shu kabi holat Sakramento, Okland va Chiko shaharlari markazida ham kuzatildi.

Juma kuni Kaliforniya shimolidagi Byutt okrugida yuz bergan yirik yong`in qurbonlari soni 63 dan 71 kishiga etgani ma`lum qilingandi. Shunday qilib, shtatda sodir bo`lgan yong`inlarda halok bo`lganlar soni jami 74 kishini tashkil etmoqda. Bedarak yo`qolgan kishilar soni esa 630 kishidan ming nafarga ko`paydi.

Avvalroq, shtatning shimoliy qismida sodir bo`lgan va Kaliforniya tarixida eng halokatli deb topilgan yong`inning maydoni 566 kvadrat kmdan ortiq bo`lganligi xabar qilingan edi. 11,8 mingdan ziyod bino, jumladan, 9,7 mingta uy-joy vayronaga aylangan. Hozirgacha yong`inning 40 foizini bartaraf etishga erishilgan.

    Boshqa yangiliklar