15 noyabr holatiga ko`ra O`zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan xorij fuqarolari soni 19820 nafarga etdi. Bu haqda bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov ma`lum qildi, deya xabar berdi O`zA.
O`tgan 4 oy ichida dunyoning 49 davlatidan bo`lgan fuqarolar O`zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan, ulardan 19518 nafariga elektron vizalar taqdim etilgan. 22 kishining murojaati rad etilgan. 280 ta ariza esa ko`rib chiqilmoqda.
Eng ko`p Xitoy fuqarolari E-VISA olish uchun murojaat etgan bo`lib, ularning soni 5601 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, Hindiston (2023 nafar), AQSh (1867 nafar), Buyuk Britaniya (1528 nafar) va Fransiya (1018) fuqarolari bu ro`yxatda ko`pchilikni tashkil etadi.
Ma`lumot uchun, elektron viza xorij fuqarosiga 30 kun muddatga O`zbekiston hududida bo`lish huquqini beradi va bu viza taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun muddat ichida amal qiladi.






