AsosiyJamiyat

Surxondaryo hokimi Jarqo`rg`onda sayyor qabul o`tkazdi

'Surxondaryo hokimi Jarqo`rg`onda sayyor qabul o`tkazdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po`latov Jarqo`rg`on tuman madaniyat uyida sayyor qabul o`tkazdi. Unga viloyat, tuman hokimliklari mutasaddilari, sektorlar hamda 100 dan ziyod idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etildi.

Qabul davomida aholi tomonidan yo`llarni ta`mirlash, toza ichimlik suvi ta`minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta`minlash, tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o`rinlarini yaratish singari 133 ta masala yuzasidan murojaatlar tushdi.

Joyida hal qilish imkoni bo`lgan og`zaki murojaatlar yuzasidan ularning talablari qanoatlantirildi. Atroflicha o`rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan echimini topish vakolatiga ega bo`lgan davlat idoralariga muddat belgilanib, tegishli organlar tomonidan nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.

Shu kuni tuman markaziy poliklinikasi, Kokaydi qo`rg`onidagi Bobur nomli MFY hamda “Surxon” hududiy bo`limida viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan bepul tibbiy ko`rik ham tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar