Farg`ona Marg`ilon shahrida kichik loqaydlik inson o`limiga sabab bo`ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 17 noyabr kuni Marg`ilon shahrida yashagan Sh.Sh. mast holda uyida sigaret chekadi va shu holatida uxlab qoladi. Natijada sigaret kukuni ko`rpa ustiga tushib, yong`in chiqadi. Sh.Sh. chap biqin va chap oyoq son qismi kuyishi jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.
Mazkur voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






