AsosiyJamiyat

O`zbekistonga kelgan har bir sayyoh qancha pul sarflaydi?

'O`zbekistonga kelgan har bir sayyoh qancha pul sarflaydi?'ning rasmi

O`zbekistonda ilk bor o`tkaziladigan Xalqaro turizm investision forumi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mamlakat sayyohlik salohiyatiga oid statistik ma`lumotlar ham taqdim etildi.

2018 yilning o`tgan 10 oyi davomida O`zbekistonga kelgan xorijlik mehmonlar soni 4,4 million nafarni tashkil etgan. Butun 2017 yil davomida O`zbekistonga 2,2 million xorijlik tashrif buyurgan.

O`zbekistonda 18 mamlakat uchun viza rejimi, 50 mamlakatga kirish vizalarining soddalashtirilgan tartibi, 101 mamlakat uchun tranzit vizalari joriy qilingan.

O`zA xabariga ko`ra, yurtimizga kelgan har bir sayyoh o`rtacha hisobda 617 dollar pul sarflaydi.

    Boshqa yangiliklar