Joriy yil 20 noyabr kuni tuman tibbiyot birlashmasining 150 nafar shifokori va 150 nafar hamshiralari tuman mutasaddilari, keng jamoatchilik oldida qasamyod qabul qildi. Bu haqda «Zarafshon» nashri xabar berdi.
«Tumanimizdagi shifokor va hamshiralar inson salomatligini asrashga, bu yo`lda bor bilimlarini ayamaslikka qasamyod qilishdi. Bu ularning mas`uliyatini, fidoyiligini oshirishga xizmat qiladi. O`ylaymanki, har bir tibbiyot xodimi ushbu qasamyodiga sodiq qoladi», - degan tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Olim Xo`jamberdiev.
Avvalroq Sirdaryo viloyatining barcha tumanlarida fermerlarning qasamyod qabul qilish marosimi bo`lib o`tgani haqida xabar berilgandi. Senator "fermerlar qasamyodi"ni tanqid qilib chiqdi.






