AsosiyJamiyat

Toshkentda sil kasalliklari shifoxonasidagi bemor kaltaklandi

'Toshkentda sil kasalliklari shifoxonasidagi bemor kaltaklandi'ning rasmi

Joriy yilning 20 noyabar kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 1-sonli shahar sil kasalliklari kasalxonasida davolanayotgan V.E. davolanish xonasida o`zaro janjal sabab shu erda davolanayotgan V.B.ning boshiga stul bilan bir necha marotaba urib, jarohat etkazgan.

Natijada V.B. kasalxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. V.E. esa qo`lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar